Navoiy viloyati respublikadagi eng kam paxta yetiştiriladigan hududlardan biri. Viloyatning asosan 5 ta tumanida paxta ekiladi. «Özagroinspeksiya» Navoiy viloyat boşqarmasi matbuot xizmatiga köra, joriy yilda viloyatda 110 800 tonna paxta yetiştiriş böyiça şartnoma qilingan.

Navbahor tumanining Döstlik massividagi «Diyorbek Hamid kelajagi» fermer xöjaligi dehqonlari bahorda 25 gektar ekin maydoniga çigit qadagan. Suv tanqisligi va yoz oylarida kuzatilgan kuçli garmsel bilan boğliq muammolarga, şuningdek, ekin maydonlari çöl hududida joylaşganiga qaramay, hosil yomon emas. Ayni kunlarda yetiştirilgan paxta terimçilarning yordami bilan terib olinyapti.

Otryad rahbarining ta'kidlaşiça, terimçilar asosan qişloq ayollari. Ularning paxta dalalariga kelib-ketişlari uçun avtobuslar ajratilgan. Şuningdek, fermer tomonidan içimlik suvi hamda tuşlikda issiq ovqat taşkillaştirilgan.

Tumanning Özbekiston mahallasida yaşovçi 63 yoşli Gulbahor Asadova kuniga 100 kilogrammga yaqin paxta termoqda.

«Har yili mavsumda albatta paxta terimiga çiqaman. Daromadimdan bir yil sovitkiç olgan bölsam, bir yili mol olaman, bir yili esa farzandlarimning xarajatiga işlataman. Hayotimiz yoşlikdan dalada ötgan emasmi, paxta terimi boşlanganida uyda ötirolmayman. Uydagilar çiqmang, deyişsa ham qanday terimga çiqib ketganimni özim bilmay qolaman. Paxta etaklarim bir oy oldin tayyor turadi», deydi Gulbahor opa.

Gulbahor Asadova

Yana bir terimçi Muborak Odilova garçi çöl hududi, ğözaning böyi past bölsa ham kuniga 100 kilogrammgaça paxta terayotganligini aytdi.

«Bu yerlar daşt joylari bölgani uçun bir kunda 90 kilogrammdan oşirib teryapmiz. Imkoniyatlar yaxşi, tuşlikda issiq ovqat berilyapti, ölçaş jarayonlarida ham qiynalganimiz yöq, suv bor. Har yili paxta terimida qatnaşaman. Daromadini töylarga işlatyapmiz, farzandlarimizni öqityapmiz», deydi terimçi opa.