Ijtimoiy tarmoqlarda bir neça kundan beri tongda Navoiy şahri osmoni sarğimtir tusga kirayotgani va ötkir hidli, böğuvçi havodan nafas olişning imkoni bölmayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi holatni örganib çiqib, munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinişiça, ob-havoning keskin isib ketişi natijasida Karmana tumani hududida joylaşgan, «Berejlivost» XIÇKga qaraşli çiqindilarni kömiş poligonida 2021 yil 19 iyun kuni yonğin sodir bölgan. Buning oqibatida atmosferaga katta miqdorda tutun, turli gazlar, kanserogen moddalar, is gazi va boşqa moddalar ajralib çiqqan. Şamol ta'sirida uşbu gazlar şahar atmosfera havosida saqlanib, anomaliya holatini sodir qilgan va aholi uçun noqulay şaroitni keltirib çiqargan.
2021 yil 22 iyun kuni boşqarmaning atrof-muhit ifloslanişini monitoring qiliş bölimi va viloyat gidrometeorologiya boşqarmasi huzuridagi Navoiy şahar atmosfera havosini monitoring qiliş laboratoriyalari hamkorligida çiqindixonaning sanitar himoya mintaqasidan namunalar olinib, tahlil işlari olib borilgan.

Çiqindixonaning şarqiy tomonidan olingan namunalar tarkibida azot oksidi, oltingugurt ikki oksidi, uglerod ikki oksidi belgilangan me'yorlardan yuqori holatni körsatgan. Gidrometrologiya laboratoriyasi tahlillari natijalarida esa noorganik çang, oltingugurt oksidi, uglerod oksidi, azot ikki oksidi, ammiak me'yordan yuqoriligi ma'lum bölgan.
«Me'yordan yuqori çiqqan holatlar böyiça tabiatga yetkazilgan zarar va atmosfera havosini ifloslantirganligi uçun ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, barça holatlar böyiça sudga çiqariş uçun hujjatlar tayyorlanmoqda. Uşbu hudud Navoiy viloyati Ekologiya boşqarmasi davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olindi. Işning yakuni böyiça qöşimça ma'lumot taqdim etiladi», — deyiladi boşqarma munosabatida.
















