Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Pan Gi Mun 11 iyun kuni rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keldi. 

Toşkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Şavkat Mirziyoyev kutib oldi. 

Qisqa suhbatdan söng BMT delegatsiyasi Köksaroy majmuida özi uçun ajratilgan qarorgohga yöl oldi. 

BMT Boş kotibining Özbekistonga rasmiy taşrifi doirasidagi asosiy tadbirlar 12 iyunga möljallangan. 

Avval xabar qilinganidek, Özbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan BMT Boş kotibi Pan Gi Munning uçraşuv va muzokaralari çoğida özaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, mintaqaviy hamda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama etiladi. 

Taşrif doirasida BMT Boş kotibi Buxoroda ham bölib, şaharning qadimiy tarixi va me'moriy yodgorliklari bilan tanişadi.