"Forsaj 7" filmi dunyo kinoprokatlarida 1,52 milliard dollar işlab topdi va kinematografiya tarixida eng köp pul işlab topgan filmlar reytingida uçinçi örinni band etdi. Bunga qadar mazkur örinni 2012 yilda suratga olingan «The Avengers» filmi band etib turgandi. Kartinaning dunyo prokatlarida yiqqan summasi 1,519 milliard dollarni taşkil qilgandi. Mazkur röyxat BoxofficeMojo.com saytida joylaştirilgan.

Buning natijasida sönggi uç yil içida ilk marta mazkur reyting kuçli uçligida özgariş röy berdi. «Yura davri» filmi hozirda «Forsaj»ga asosiy raqobatçi bölib qolmoqda. Hozirça kinoteatrlarda namoyiş etilayotgan mazkur film daromad böyiça 50 million dollarga ortda qolmoqda