«Özbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga asosan «Özbekfilm» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan «Hayotda...» badiiy filmi 13-20 sentabr kunlari XXIV marotaba taşkil etiladigan MDH va Boltiqböyi mamlakatlarining «Kinoşok» oçiq kinofestivali (Anapa, Rossiya) asosiy tanlov dasturiga kiritildi. 

2015 yili katta ekranlarga çiqqan «Hayotda...» badiiy filmi yolğiz farzandining ölimidan söng odamlarni davolaş qobiliyatiga ega bölgan bolani asrab olib, umrining oxirigaça öz tamoyillariga sodiq qolgan olim inson haqida hikoya qiladi. Yolqin Töyçiyev rejissyorligida işlab çiqarilgan mazkur filmda Baxtiyor Qosimov, Akbarxöja Rasulov, Zulxumor Möminova kabi taniqli aktyorlar suratga tuşgan.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda suratga olingan töliq metrajli badiiy filmlar «Kinoşok» festivalining turli tanlovlarida muntazam qatnaşib keladi. Xususan, 2012 yilgi «Kinoşok»da rejissyor Ayub Şahobiddinov tomonidan suratga olingan «Parizod» kartinasi eng yaxşi film sifatida kinofestivalning boş sovrini — Gran-prini qölga kiritgan.

Qayd etiş joiz, 2015 yil 20-24 iyun kunlari Filippin xalqaro kinofestivalida «Jahon premeralari» doirasida rejissyor A.Mignarovning «Ota» filmi namoyiş etilgan edi, rejissyor Mansur Abduxoliqovning «Quduq» kartinasi esa 2015 yilgi Qozon xalqaro kinofestivali asosiy tanlov dasturiga kiritildi.

Hozirgaça bir qator badiiy, hujjatli va multplikatsion filmlar, jumladan, «Hayotda...» filmi ham AQŞ, Germaniya, Xitoy, Avstraliya kabi 10dan ortiq mamlakatlardagi xalqaro kinofestivallarning taşkiliy qömitalariga saralaş bosqiçi uçun yuborilgan va bu boradagi işlar davom etmoqda.