Iqlim böyiça global sammitda davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar va moliya institutlari rahbarlari hamda yuqori darajadagi delegatsiyalar iştirok etadi.

Anjuman kun tartibidan BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyaning asosiy qoidalarini röyobga çiqariş, zamonaviy ekologik xatar va tahdidlarga qarşi kuraşiş hamda “yaşil” taraqqiyot maqsad va vazifalarini ilgari suriş borasida keng kölamli xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş masalalari örin olgan.

Davlat rahbari sammitning yalpi sessiyasida nutq sözlaydi hamda qator ikki tomonlama uçraşuv va muzokaralar ötkazadi.

Özbekiston BMT Hadli konvensiyasiga 1993-yilda qöşilgan, 2018-yilda Parij bitimining iştirokçisiga aylandi.