Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi (OQXJ) 1993-yilda Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan taşkil etilgan. Ötgan yillarda mintaqa davlatlari örtasida yölga qöyilgan özaro samarali hamkorlik hamda qator xalqaro taşkilotlarning kömagi tufayli jamğarma Orol dengizi havzasi suv resurslarini kelişilgan holda boşqarişni taʼminlaşga erişdi.

Markaziy Osiyoda suv taqçilligining kuçayişiga olib kelayotgan iqlim özgarişlari va suv isteʼmoli köpayib borayotgan bugungi şaroitda jamğarmaning roli va ahamiyati yanada ortib bormoqda. Özbekiston 2027-2029 yillarda Orolni qutqariş Xalqaro jamğarmasiga raislik qiladi.

Taqdimotda uşbu davr mobaynida amalga oşiriş rejalaştirilgan loyihalar va eʼtibor markazida böladigan masalalar körib çiqildi.

Suv resurslari, ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy yönalişlarni qamrab olgan 133 ta loyiha işlab çiqilgani taʼkidlandi. Xususan, uşbu loyihalar doirasida suv xöjaligi inşootlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qiliş, suv resurslarini taqsimlaş, hisobga oliş hamda monitoring qilişning avtomatlaştirilgan tizimlarini joriy etiş, gidrometeorologik maʼlumotlar monitoringi, toşqinlar va qurğoqçilik böyiça prognozlaş hamda erta ogohlantirişning mintaqaviy raqamli platformasini yaratiş, aholini içimlik suvi va sanitariya xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oşiriş kabi köplab çora-tadbirlar ilgari suriladi.

Mazkur loyihalarning qiymati 3,3 milliard dollarni taşkil etadi. Ular Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Yaşil iqlim jamğarmasi, Global ekologik jamğarma hamda boşqa xalqaro taşkilotlar kömagida moliyalaştiriladi.

Prezident uşbu loyihalarni öz vaqtida amalga oşiriş muhimligini taʼkidlab, kelgusi yilda bajariladigan işlarga doir oylar kesimida “yöl xaritasi”ni tasdiqlaş va ijrosini taşkil etişni topşirdi. Loyihalarni hayotga tatbiq etişga xalqaro ekspertlar, professor-olimlar va xorijdagi vatandoşlarimizni ham jalb etiş lozimligi körsatib ötildi.

Taqdimotda Özbekistonning OQXJga raisligi davridagi ustuvor masalalar ham muhokama qilindi. Jamğarma tuzilmasi va şartnomaviy-huquqiy bazasini takomillaştirişni davom ettiriş, uning organlari vakolatlarini aniq taqsimlaşni taʼminlaş, Afğoniston bilan konstruktiv hamkorlikni mustahkamlaşga alohida ahamiyat beriladi.

Jamğarma kun tartibini Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari qarorlari bilan uyğunlaştiriş va boşqa köplab masalalar eʼtibor markazida böladi.