Nvidia direktorlar kengaşi 8-noyabr kuni kompaniya asosçisi va boş ijroçi direktori Jensen Xuangga nisbatan mustaqil tekşiruv boşladi. Kengaş Xuang «xorijiy razvedka harakatining nişoni» bölgan-bölmaganini aniqlamoqçi. Bundan oldinroq Xuang kengaşga bir işbilarmon ayol bilan intim munosabatda bölganini tan olgandi.

Nvidia rahbari atrofidagi mojaro 29-oktabrda eʼlon qilingan New York Times suriştiruvidan keyin boşlangandi. Gazeta nomi oşkor etilmagan AQŞ razvedkasi rasmiylariga tayanib, Xuangning Xitoy fuqarosi Elis Xuang bilan yaqin munosabati haqida yozgan (ikki Xuang qarindoş emas). Elis Xuang Singapurdagi Megaspeed kompaniyasi rahbarlaridan biri bölgan. Bu kompaniya Nvidia çiplarini sotib olgan, AQŞ esa uşbu kompaniyani çeklangan çiplarni Xitoyga ötkazişda gumon qiladi.

Elis Xuangga oid daʼvolar ommaga taqdim etilgan dalillarga emas, maxfiy razvedka maʼlumotlari va ular bilan tanişgan rasmiylarning sözlariga tayanadi. Xavotirning asosiy sababi – Jensen Xuangning SI sohasidagi va Oq uydagi taʼsiri. Rasmiylar kuzatuv natijasida Elis Xuang maʼlumotlarni «töğridan töğri Pekinga» yetkazib turgan, degan xulosaga kelgan.

Naşr manbalariga köra, Elis Xuang Megaspeed tekşiruvi doirasida kuzatuvga olingan. Kuzatuv uning AQŞning bir fuqarosi bilan aloqasini körsatgan, rasmiylar ismini söraganida u Jensen Xuang bölib çiqqan. Ikkalasi 2024-yil iyunida Taypeydagi barda, 2025-yilda esa öşa şahardagi restoranda birga köringan.

Jensen Xuang va Megaspeed rahbarlaridan biri Elis Xuang Taypeydagi ziyofatda, 2024-yil iyun. Foto: NetThunder / LinkedIn

Razvedka prezident Donald Trampni bu haqda taxminan bir yil oldin xabardor qilgan. NYT’ning yozişiça, prezident heç qanday çora körmagan: u Nvidia’ning çip savdosiga va Xitoy bilan savdo munosabatlariga putur yetişidan ehtiyot bölgan. Aksinça, 2026-yil mayda Tramp Xitoyga rasmiy safari çoğida Xuangni delegatsiyaga qöşib olib borgan.

2026-yil bahorida AQŞ davlat kotibi Marko Rubio nazoratida öta maxfiy memorandum tayyorlangan. Unda Elis Xuang Jensen Xuangni nişonga oliş uçun Xitoy Davlat xavfsizligi vazirligi tomonidan yollangani aytilgan. Razvedka maʼlumotlarini körgan rasmiylar munosabat romantik ekaniga amin bölgan.