“22 avgustda Moskva vaqti bilan 18:13da (Toşkent vaqti bilan 20:13) Rossiyaning strategik vazifalarni bajaruvçi qöşinlari tomonidan Rossiyaning Astraxan viloyatida “Kapustin Yar” Davlat markaziy poligonidan RS-12M “Topol” qit'alararo ballistik raketasi sinov parvozi amalga oşirildi”, deb xabar berdi “Interfaks” axborot agentligiga Rossiya Mudofaa vazirligi vakili polkovnik Igor Yegorov.
Yegorovning aytişiça, “parvozdan maqsad qit'alararo ballistik raketalarning jangovor jihozlanişini sinovdan ötkaziş bölgan”. Raketaning jangovor qismi Qozoğistondagi “Sari-Şağan” poligonidagi şartli nişonni berilgan aniqlik bilan bartaraf etdi.
Raketa uçirilgandan biroz ötib, taxminan soat 20.15-20.30 oraliğida Toşkentning ba'zi tumanlari, mamlakatimizning Qozoğistonga yaqin hududlari aholisi osmonda noma'lum uçar jismni kuzatganlar. Nahotki, bu noma'lum uçar jism Rossiyadan uçirilgan ballistik raketa bölişi mumkin, degan taxmin ham paydo bölmoqda.
Hozirça uşbu holat yuzasidan tegişli muassasalar tomonidan biror-bir rasmiy izoh berilmadi.
Quyida Toşkent osmonida kuzatilgan uşbu holatning suratlari berilgan.









