Jahon | 07:08 / 26.08.2015
3803
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda bir bola bolalar maydonchasi yonida granata topib oldi

Kiyevda bir bola uyi oldidagi bolalar maydonchasi yonida granata topib oldi. Bolaning onasi bu haqda zudlik bilan huquq-tartibot muassasalarini xabardor etdi, deb xabar bermoqda Ukraina IIV Kiyev bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

“Xabar bergan ayolning aytishicha, u kechki payt o‘g‘li bilan sayrga qilgani chiqqan. Bola hovlidagi bolalar maydonchasida o‘ynab yurganda o‘t orasida granataga ko‘zi tushib qolgan. U granatani ko‘rgan joyini onasiga ko‘rsatgan”, deyilmoqda militsiyada.

Voqea joyiga yetib kelgan mutaxassislar granatani xavfsizlantirishdi, uning korpusi va piltasi Kiyevdagi ekspert-kriminalistik tadqiqot markaziga o‘rganish uchun yuborildi. Ushbu holat yuzasidan qurol-aslaha, o‘q-yarog‘ yoki portlovchi moddalarni noqonuniy aylantirish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

24 avgust Donetsk viloyatining Volodarskoye qishlog‘ida ertalabki payt 4 bola sayr qilib yurganda noma'lum jtsm topib olishgan va uni o‘ynab yurganlarida jism portlab ketgan. Oqibatda bolalardan 4 yoshli bola halok bo‘lgan, 8 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan qolgan 3 nafar bola og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.