Ichimlik tanlashda xaridor uchun narx va qadoqdan tashqari, mahsulotning qayerda ishlab chiqarilgani ham ahamiyatli. Ayniqsa, yangi brend bilan birinchi marta tanishganda etiketka uning kelib chiqishi va xususiyatlari haqida dastlabki maʼlumotni beradi. Suvning manbasi, retsept, ishlab chiqarish hududi va hatto qadoq dizayni tovarni muayyan mintaqa bilan bogʻlaydi. Rossiyada tayyorlanadigan ayrim ichimliklar Oʻzbekiston bozorida ana shu jihatlari bilan xaridorlarga tanishtirilmoqda.

photo_2026-09-29_07-10-55


Suv 230 metr chuqurlikdan olinadi

«Akva-Kristall» mahsulotlarining asosiy xususiyatlaridan biri suv manbasi hisoblanadi.

Ishlab chiqaruvchi maʼlumotiga koʻra, suv Shimoliy Kavkazdagi yerosti manbalaridan 230 metr chuqurlikdan olinadi. Filtrlash jarayoni massani tozalash bilan birga uning tabiiy mineral tarkibini saqlab qolishga qaratilgan.

Assortimentning kengligi esa turli isteʼmol ehtiyojlarini qamrab olishga sharoit hozirlaydi. Tabiiy stol suvlari kundalik isteʼmol uchun, limonadlar turli taʼmlarni sinab koʻrishni istaganlar uchun, sovuq choylar esa yoʻlda yoki kun davomida isteʼmol qilishga mos ichimlik sifatida taklif etiladi.

Bu chakana savdo nuqtalari uchun ham bir yetkazib beruvchi bilan bir nechta kategoriyada ishlash imkoniyatini anglatadi.

Etiketkadagi Kavkaz naqshlari

«Akva-Kristall» shishalarida Kavkaz anʼanaviy naqshlaridan foydalanilgan. Bu vizual yechim mahsulotni boshqa ichimliklar orasida ajratib koʻrsatish bilan birga, mintaqaviy kelib chiqishiga ishora qiladi.

Ichimliklar tabiiy sharbatlar va siroplar asosida tayyorlanadi. Retseptlarda mintaqaviy anʼanalar zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari bilan uygʻunlashtirilgan.

Xaridor uchun esa mahsulot haqidagi asosiy maʼlumot yani tarkib, taʼm va boshqa koʻrsatkichlar etiketkaning oʻzida koʻrsatiladi. Importyorlarga har bir pozitsiya boʻyicha hujjatlar bilan tanishish va mahalliy bozor talablariga mos assortimentni shakllantirish imkoniyati mavjud.

photo_2026-09-29_07-10-58