«Haqiqiy qahramon»
Machchhar oilaviy toʻqimachilik biznesi bilan shugʻullanishni rejalashtirgandi, 19 yoshida esa aviatsiyaga qiziqib qoladi va bu uning onasini katta xavotirga soladi, deya hikoya qiladi Reuters agentligining Hindistondagi byurosi. 30-sentabr kungi parvoz vaqtida uning oʻgʻliga havodagi samolyot kabinasida ikkinchi uchuvchi pichoq bilan hujum qilib, jarohat yetkazdi.
Isroil rasmiylariga koʻra, kabina polida qonga belangan holda yotgan Smit Machchhar eshikni ochish tugmasini bosishga ulgurgan va shundan keyin kabinaga yoʻlovchilardan biri va ekipaj aʼzolari kira olgan. Kema komandiriga hujum qilgan ikkinchi uchuvchi zararsizlantirilgach, bortda boʻlgan va qaytishda uchuvchilarni almashtirishi kerak boʻlgan ikkinchi ekipaj samolyot boshqaruvini qoʻlga olib, Saudiya Arabistonining Tobuk shahridagi aeroportga favqulodda qoʻnishni amalga oshirgan.
«U [Machchhar] oʻz hayotini xatarga qoʻyib, mardona olishdi va 11-sentabr voqealariga oʻxshash teraktning oldini oldi», – dedi payshanba kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi.
Avvalroq u X ijtimoiy tarmoqgʻida shunday yozgandi: «Kapitan Smit Machchxar – QAHRAMON. Ulkan xavf bilan toʻqnashib, jiddiy jarohat olganidan keyin ham u boshqalarning hayotini saqlab qolish uchun aql bovar qilmas jasorat va qatʼiyat koʻrsatdi».
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ham Machchharga «favqulodda jasorat» uchun minnatdorchilik bildirgan.
«Pichoqda yetkazilgan ogʻir jarohatlarga qaramay, u qarshilik koʻrsatdi, kabina eshigini ochdi va yoʻlovchilar hamda ekipaj aʼzolariga hujum qilgan uchuvchini zararsizlantirishga imkon berdi, bu bilan havodagi halokatning oldini oldi. U 174 kishining, jumladan, Isroil va boshqa davlatlar fuqarolarining hayotini saqlab qoldi», – deya yozdi chorshanba kuni Isroil bosh vaziri X ijtimoiy tarmogʻida va hindistonlik uchuvchining tezda toʻliq sogʻayib ketishini tiladi.
«U haqiqiy qahramon», – degan Netanyahu.

«Atrofdagilar uchuvchi ekanimni bilishini istamayman»








