Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining omonat mahsulotlari böyiça şartnomalari örganilganda, ayrim banklar amaliyotida omonatçining öz mablağlarini qaytarib oliş huquqini çeklaşi mumkin bölgan şartlar mavjudligi aniqlandi.
Qayd etilişiça, ayrim omonat şartnomalarida bankning öz ixtiyoriga boğliq bölmagan ommaviy tartibsizliklar, mitinglar, köça harakatlari (köçalardagi ommaviy namoyiş va harakatlar), bosqinçilik holatlari va tölovga qobiliyatsizlik davrida omonat mablağini muddatidan oldin qaytariş böyiça bank javobgar hisoblanmasligi nazarda tutilgan.
Amaldagi qonunçilikka köra esa, omonat turidan qatʼi nazar, bank omonatçining talabi bilan omonat summasini yoki uning bir qismini qaytarişi şart. Şuningdek, isteʼmolçi huquqlarini çeklaydigan hamda qonunçilikka zid şartlar haqiqiy hisoblanmaydi.
Şundan kelib çiqib, Markaziy bank tijorat banklariga amaldagi omonat şartnomalarini töliq inventarizatsiyadan ötkaziş, ulardagi isteʼmolçi huquqlarini çeklovçi va qonunçilikka zid şartlarni aniqlaş hamda bunday holatlar mavjud bölsa, ularni zudlik bilan bartaraf etiş talabini qöydi.

















