Adliya vazirligi "Urganç–Xiva" pulli avtomobil yölidan foydalaniş tartibi töğrisidagi vaqtinçalik nizomni davlat röyxatidan ötkazdi.
Unga köra:
operator yöldan foydalaniş boşlanişidan oldin tariflar, tölov usullari hamda muqobil bepul yöl haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
pulli yöldan foydalaniş operator va foydalanuvçi örtasidagi ommaviy şartnoma asosida amalga oşiriladi;
tölovlar elektron şaxsiy hisob, tölov punkti yoki keçiktirilgan tölov usuli orqali amalga oşiriladi;
yöldan foydalaniş uçun tölov miqdori transport vositasi toifasiga qarab, Transport vazirligi tomonidan belgilangan eng yuqori miqdorlardan oşmagan holda operator tomonidan belgilanadi;
foydalanuvçi tölov tarixi va qarzdorligini tekşiriş, notöğri hisoblangan tölovni qayta hisoblaşni talab qiliş hamda operatorning harakatlari ustidan Avtomobil yöllari qömitasiga yoki sudga murojaat qiliş huquqiga ega;
tösiqsiz tizimda keçiktirilgan tölov qöllanilganda, tölov xabarnoma yuborilgan kundan boşlab beş iş kuni içida amalga oşirilişi lozim;
qarzdorlik böyiça şikoyat kelib tuşganda, operator beş iş kuni içida maʼlumotlarni qayta tekşiradi. Şikoyat asosli bölsa, qarzdorlik bekor qilinadi yoki qayta hisoblanadi;
operator yölni soz holatda saqlaş, avariya va texnik nosozliklarda yordamni taşkil etiş hamda yöldagi nosozliklar tufayli transport vositalariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplaşga majbur.
Mazkur hujjat rasmiy eʼlon qilingan kundan kuçga kiradi hamda pulli avtomobil yöllaridan foydalaniş tartibini belgilovçi Vazirlar Mahkamasi qarori kuçga kirguniga qadar amal qiladi.
Avvalroq "Urganç–Xiva" pulli avtomobil yölida yengil avtomobil uçun töliq yönaliş böyiça yöl haqi 25 ming söm, 28 km uzunlikdagi qisqa yönaliş uçun esa 20 ming sömni taşkil etişi aytilgandi.

















