Senatning 20-yalpi majlisida quriliş sohasida korrupsiya va manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş yuzasidan yuborilgan parlament sörovi natijalari körib çiqildi.

Parlament sörovi doirasida Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavflarni baholaş, manfaatlar töqnaşuvini boşqariş, davlat xaridlarining şaffofligini taʼminlaş, davlat arxitektura nazoratini kuçaytiriş va sohani raqamlaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar örganildi.

Jumladan, korrupsiyaviy xavflarni funksional baholaş natijasida 95 ta past, 10 ta örta va 1 ta yuqori xavfli yönaliş aniqlangan. Şuningdek, davlat arxitektura nazorati tadbirlari davomida 1,65 mingta qonunbuziliş holati hamda 1,1 mingta özboşimçalik bilan qurilgan bino va inşoot aniqlangan. Mazkur holatlar böyiça tegişli çoralar körilib, 624 ta holatda maʼmuriy çoralar qöllanilgan, jarimalarning umumiy miqdori 68,6 mlrd sömni taşkil etgan.

Davlat xaridlari sohasida “Masofaviy audit” mexanizmidan foydalaniş natijasida 3 mlrd sömlik tenderda qonunbuzilişning oldi olingan, 869,5 mln sömlik qonunbuziliş materiallari huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.

Majlisda quriliş sohasida korrupsiyaviy xavflarni kamaytirişda normativ talablarning aniq va tuşunarli bölişiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Vazirlik tomonidan 105 ta eskirgan normativ-texnik hujjat qayta işlangan, 76 ta hujjatning majburiy maqomi bekor qilinib, maʼlumot uçun tavsiyaviy toifaga ötkazilgan.

Muhokama yakunlari böyiça vazirlikka korrupsiyaviy xavflarni muntazam qayta baholaş, yuqori xavfli yönalişlar böyiça nazorat mexanizmlarini kuçaytiriş, manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi deklaratsiyalarning haqqoniyligi va töliqligini tahlil qiliş, davlat xaridlarida şaffoflikni taʼminlaş, arxitektura nazoratida aniqlangan qonunbuzilişlarning tizimli sabablarini bartaraf etiş hamda raqamli nazorat mexanizmlarining samaradorligini oşiriş böyiça vazifalar belgilandi.