Özbekiston elçixonasi taşabbusi va Turizm qömitasi huzuridagi Milliy PR-markazi kömagida Airbnb onlayn-platformasi vakillari bilan onlayn-uçraşuv ötkazildi.

Muzokaralarda Airbnb federal masalalar böyiça rahbari Akila Pauell va xalqaro munosabatlar siyosati böyiça masʼul Nayana Renu Kumar iştirok etdilar.

Uçraşuvda 2025-yilda Özbekistonga 12 millionga yaqin xorijiy sayyoh kelgani, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida esa bu körsatkiç 7,8 millionni taşkil etgani qayd etildi. Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida “Özbekiston böylab sayohat qil!” dasturi doirasida 13,4 milliondan ortiq içki safarlar amalga oşirilgani taʼkidlandi.

Tomonlar mazkur körsatkiçlardan kelib çiqqan holda, vaqtinçalik turar joylarni izlaş va bron qiliş böyiça jahonda yetakçi platforma hisoblangan Airbnb faoliyatini Özbekistonda rivojlantiriş masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida Özbekistondagi joylaştiriş obyektlari sonini platformada köpaytiriş, mahalliy uy egalari va tadbirkorlarni jalb qiliş, xizmat körsatiş hamda xavfsizlik standartlarini taʼminlaş boğliq amaliy hamkorlikni davom ettiriş böyiça kelişuvga erişildi.