Eng muhimi – davomat
Kreml uçun bu yilgi eng muhim jihat davomat edi. Çunki Ukraina saylov kuni hujum qilişi kutilayotgan, uruş davridagi norozilik kuçaygani ehtimoli borligi uçun saylovga köpçilik kelmasligi varianti mavjud edi. Lekin bu yil davomat havas qilarli darajada – 57 foizga yaqin böldi. Rasmiy hujjatlarga köra, saylovlarda 63 millionga yaqin rossiyalik qatnaşgan. Bu çindan yuqori körsatkiç hisoblanadi.
Saylovdan oldin optimist ekspertlar ham davomat 50 foiz atrofida bölişini taxmin qilgandi. Şu sabab Rossiya davlat naşrlari 57 foizlik davomatga urğu bermoqda. Saylov natijalari qanday foizda bölsa ham, «Yedinaya Rossiya» foydasiga hal bölişini taxmin qiliş qiyin emasdi.
Şaxmat afsonasi muxolifatçi Garri Kasparov bu yil Rossiya muxolifati «saylovda davomat yuqori bölişi uçun qölidan kelganini qilgani» haqida aççiq gapirdi. Muxolifat aynan kimlarga ovoz beriş, qaysi vaqtda ovoz beriş, albatta ovoz beriş böyiça tavsiyalar eʼlon qilib, davomat yuqori bölişiga hissa qöşgani bor gap. Muxolifatçilar 20-sentabr kunning ikkinçi yarmida ovoz berişga çaqirdi va aynan şu vaqtda katta şaharlardagi uçastkalar oldida navbatlar yuzaga keldi.
Bu yerda Kasparovni ham, muxolifatçilarni ham tuşuniş mumkin. Kasparov saylovga boykot qilişga çaqirib, Kremlni uyaltirişni istagandi. Kats va Navalniyçilar esa qöl qovuştirib ötirişdan foyda yöq, biz heç nima qilmasak ham baribir davomatni istaganlariça yozişadi, deb qaysidir yöl bilan qarşilik qilişga intildi.
Isyon bölmadi
Rossiyalik uruş tarafdorlari uçun ötkazilgan saylovlar ahamiyati past edi, çunki qanday natija qayd etilişi deyarli aniq, heç qanday intriga yöq edi. Lekin uruşga qarşi bölgan rossiyaliklar saylovda öz pozitsiyasini qanday bildiriş böyiça uzoq boş qotirdi, ular uçun bu bir imkon edi. Hozir Rossiyada uruşni oçiqçasiga qoralab bölmaydi, past ovozda bölsa ham uruşga qarşi çiqqan bitta partiya saylovga qöyilmadi.
Şu bois saylovda qatnaşgan uruşga qarşi liberal qaraşdagi rossiyaliklar juda ehtiyotkor harakat qilişdi. Saylovning oxirgi kuni uzundan-uzoq navbat hosil qilganlar aynan uruşga qarşi, lekin buni baralla aytişdan qörqqan rossiyaliklar edi. Ular saylovdan öz pozitsiyasini qonunni buzmagan holda aytiş imkoni sifatida foydalanişdi. Muxolifat tavsiya qilgan vaqtda borib, ular tavsiya qilgan odamlarga ovoz berişdi, keyinçalik natijalar butkul boşqaça köriniş olgan bölsa-da.
Lekin Kreml xavotir olganidek isyon ham bölmadi. Rossiyaliklar saylovda uruşga qarşi ekanini oşkor bildirmadi, namoyişlar bölmadi, saylovga boykot qilişmadi. Hammasi hamon Kreml nazoratida ekani körinib qoldi. Öz navbatida, saylovda Kremlni yanada ilhomlantiruvçi heç nima sodir bölmadi. Xorijdagi yoki nazoratçilar öz işini bajara olgan uçastkalarda «Yedinaya Rossiya» nomzodlari ğolib bölolmaganini kördik.







