22:37 / 11.09.2015
2443

Italiyalik ayol tennischi Pennetta AQSh Ochiq chempionatining ilk finalchisiga aylandi

Italiyalik tennischi Flaviya Pennetta (26-raqamli) AQSh Ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi final uchrashuvi ishtirokchisiga aylandi. Musobaqa yarimfinalida tennischi jahonning 2-raqamli tennischisi ruminiyalik Simone Xalepga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Uchrashuv Pennetta foydasiga 6:1, 6:3 hisobi bilan yakunlandi. 

Pennetta birinchi marta o‘z faoliyatida “Katta dubulg‘a” musobaqasining finalida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Tennis. Ayollar. US Open. 1/2 final. Nyu-York
Flaviya Pennetta (Italiya, 26) — Simona Xalep (Ruminiya, 2) — 6:1, 6:3.

Finalda Pennetta Serena Uilyams (SShA, 1) — Roberta Vinchi (Italiya) juftligining g‘olibasi bilan uchrashadi.

Top