2015 yilning iyunidan ekranlarga çiqarilgan “Minonlar” multfilmi jahon prokatida 1,08 mlrd dollarga topişga muvaffaq böldi, deb xabar bermoqda NME naşri. Bu körsatkiç evaziga multfilm eng kassabop multfilmlar reytingida 2010 yilda çiqqan hamda 1,06 mlrd dollar topgan “Öyinçoqlar voqeasi 3: katta qoçiş” (“Istoriya igruşek 3: Bolşoy pobeg”) multfilmini ortda qoldirib, 2-öringa çiqib oldi. Reytingning 1-qatorini 2013 yilda çiqqan va 1,27 mlrd dollar topgan “Muzyurak” multfilmi egallab turibdi. 

Barça kassabop filmlar reytingida multfilm 15-örinni egallamoqda. Multfilm bunday katta muvaffaqiyatga ega bölişiga uning 13 sentabrda Xitoy prokatida boşlanişi sabab böldi. Bu yerda multfilm ikki kun davomida 20 mln dollardan köproq mablağ yiğdi.

“Minonlar” suratga olgan Universal kinostudiyasi uçun multfilm “Forsaj 7” (1,512 mlrd dollar) va “Yura davri dunyosi” (1,628 mlrd dollar) kinofilmlaridan keyin joriy yildagi uçinçi yirik kassaviy muvaffaqiyat böldi.

“Minonlar” multfilmi mitti sariq odamçalar sarguzaştlari haqida bölib, unda boş qahramonlar özlariga yangi xöjayin topişga harakat qiladilar.