“Darakçi” gazetasida töy marosimlaridagi isrofgarçiliklar tanqidiga bağişlangan navbatdagi material e'lon qilindi. Unda ta'kidlanişiça, qizlarning sepiga atalgan sandiqlarni töldirişning öziga bugungi kunda 5-50 mln örtasidagi mablağ sarflanmoqda.
Material muallifi töylarning boşqa xarajatlarini sanab ötdi. Bular orasida toğora jönatiş, qiz tomonning 2-10 mln sömlik mebel xarid qilişi, nahor oşi marosimining alohida va tölaqonli töyga aylantirib yuborilişi şular jumlasidandir.
Lekin qiz tomonning xarajatlari töy bilan yakun topmaydi.
“Qiz uzatganga qirq yil tegma. Bu maqolni unuting. Hali oldinda haftalik turibdi”, – deb kinoya qiladi maqola muallifi.
Ta'kidlanişiça, çarlarida kuyovga qöyiladigan sarponing özi 2 mln sömdan ortadi. Çarlari marosimini ötkazişga ketadigan örtaça xarajat esa 7-8 mln sömni taşkil qiladi. Bundan taşqari, haftalik marosimida yoş oilaga biror maişiy texnika buyumi – çangyutkiç yo muzlatkiç tortiq etiladi. Bu sovğaning ham eng arzoni 2 mln sömdan kam bölmasligi kerak.
“Yevropaga taqlid qilib kelinlarga yelkasi oçiq kiyim kiydirişni örgandik, gul otiş marosimini ham xuddi özimiznikidek qabul qildik, lekin ular kabi kamxarajat 50-100 kişi bilan ortiqça isrofsiz töy qilişni heç örgana olmadik-da”, – deb xulosa qiladi jurnalist.






