Payşanba oqşomida Millatlar ligasida navbatdagi tur uçraşuvlari boşlandi.

A ligasi. 1-guruh

Donnarummaning xatosini Espozitoning gollari yuvib ketdi

Italiya – Fransiya 3:1
Gollar: Olise, 10 (0:1). F. Espozito, 26 (1:1). Frattezi, 63 (2:1). F. Espozito, 75 – penalti (3:1)
Aniq ijro etilmagan penalti: Seb. Espozito, 60’
Italiya: Donnarumma, Skalvini, Bastoni, Kalafiori, Kayode, Tonali, Barella (Riççi, 90+2), Frattezi (Dumbiya, 73), Kambiyagi (Dimarko, 62), Seb. Espozito (Vergara, 62), F. Espozito (Skamakka, 90+2)
Fransiya: Menyan, Upamekano, Jake, Tryuffer (Meyulyu, 77), Gyusto (Kumbedi, 76), Rabio, Da Kunya, Şerki (Kamavinga, 82), Due (Diuf, 77), Olise, Barkolya (Krupi, 77)
Ogohlantirişlar: F. Espozito, 39. Bastoni, 71 – Jake, 13. Krupi, 90

Italiya futbolçilari maydonga çiqqanida Belgiya allaqaçon ikkinçi öringa kötarilib olganidan xabardor edi. Öyin startida esa Donnarumma qöpol xatoga yöl qöydi. «Siti» darvozaboni töpni Olise turgan joyga taşlab berdi, u esa Barelladan osonlik bilan qoçib ketib, hisobni oçdi. Bu Jiji uçun sönggi beş öyinda golga olib kelgan uçinçi xato böldi.

Fransuzlar tinimsiz hujum uyuştirdi, 20-daqiqaga kelib olti bor zarba berildi, uçtasi darvoza sohasiga töğri bordi, ammo bitta gol bilan çeklanişdi.

Italiya esa darvoza tomon töğri borgan ilk zarbasini 26-daqiqada yölladi va şuning özi hisobni tenglaştiriş uçun kifoya qildi. Kambiyagi çap qanotda Gyustoni osonlik bilan ortda qoldirib, darvozabon hududida özini taklif qilgan Françesko Espozitoni golli pas bilan taʼminladi.

«Inter» forvardi terma jamoadagi dastlabki 14 öyinida allaqaçon 9 gol urişga erişdi. Taqqoslaş uçun, «Skuadru adzurra» afsonasi Françesko Totti butun faoliyati mobaynida Italiya safida jami 9 ta gol urgandi.

Ikkinçi bölimda mehmonlar safida Malo Gyusto asosiy antiqahramonga aylandi. Avvaliga uning Kambiyagiga işlatgan folidan keyin penalti belgilandi, ammo Sebastiyano Espozito aniq zarba bera olmadi. Gyusto Kambiyagining örniga tuşirilgan Dimarkoga ham qarşilik körsata olmadi va italiyalik qanot himoyaçisining uzatmasidan Frattezi ğalaba golini urdi.