Kun.uz manbasi özbekistonlik taniqli yoş aktyor Akbarxöja Rasulovning uylanayotgani haqida xabar qildi.
Saytga kuyovlik kiyimidagi Akbarxöja Rasulovning yonida boşqa bir aktyor Alişer Uzoqov ham joy olgan surat ham kelib tuşdi.
Aktyorning özi ham Instagramdagi sahifasiga mana bu suratni joylab, oila qurayotganiga işora qilgan.
Keyinçalik ma'lum qilinişiça, nikoh marosimi Toşkentdagi “Özbekiston” mehmonxonasida bölib ötgan.
Qayd etiş kerakki, ötgan haftada ijtimoiy tarmoqlar orqali Alişer Uzoqovning vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma'lumot uçun, Akbarxöja Rasulov 1986 yilning 28 sentabrida Toşkent şahrida tuğilgan. U tört farzand içida kenja öğil hisoblanadi.
Dastlab, "Xöja Nasriddin. Öyin boşlandi" filmi (2006 y) orqali özbek tomoşabini bilan yuzlaşgan aktyor keyinçalik, "Yöqolgan odam", "Iblis devori", "Poyma-poy", "Keçikkan hayot", "Sevginator-2", "Hur qiz", "Jasur", "Afğon", "Xiyonat", "Jigarbandim", "Taqdirlar" kabi filmlardagi iştiroki orqali maşhurlikka erişgan.
U şuningdek, rus va ukrain kinoijodkorlari tomonidan işlangan filmlarda ham rollar ijro etib kelmoqda.


