Brendga 1999-yildan 2009-yilgaça bölgan davrda olti nafar ayolga nisbatan jinsiy zöravonlikning yetti holati, jumladan, uçta zörlaş böyiça ayblov qöyilgan edi.
5-noyabr kuni hakamlar hayʼati aktyorni faqat törtta epizod - 2004-yildan 2009-yilgaça sodir etilgan bitta zörlaş va uçta şilqimlik holati böyiça aybdor deb topdi. Tört nafar ayol jabrlanuvçi deb tan olindi. Ularning barçasi öz şaxsini umrbod sir saqlaş (anonimlik) huquqiga ega.
Brendning xatti-harakatlaridan jabrlanganlardan biri sudda «ruhiy jarohat bilan yaşayotgani» va hodisadan keyin öziga OIV yuqqan bölişidan xavfsiraganini bildirdi. Yana biri esa qiziqçi «qilmişidan puşaymon emas» deb hisoblaydi.
Aktyorning özi aybini tan olmadi.
Brendga nisbatan tergov The Times va Channel 4 tomonidan ötkazilgan jurnalistik suriştiruvdan söng boşlangan edi.
Rassel Brend - Buyuk Britaniyaning eng maşhur stendapçilaridan biri. U film va seriallardagi rollari, jumladan, «Parvozda» romantik komediyasidagi roli hamda «Yovuz men» va «Yovuz men 2» multfilmlarida doktor Nefarioga ovoz bergani bilan tanilgan. 2010–2012-yillarda Brend xonanda Keti Perri bilan turmuşda bölgan. BBC Brendning Britaniya pop-madaniyatiga sezilarli taʼsir körsatganini qayd etgan.








