2015 yilning 26 noyabr kuni Namangan viloyat hokimligida xalq deputatlari Namangan viloyati kengaşining 6-sessiyasi bölib ötdi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov iştirok etdi.
Majlisda Xayrullo Xayitbayeviç Bozarov Namangan viloyati hokimi etib tayinlandi. Bu haqda KUN.UZ naşri öz axborot manbasiga asoslanib, xabar beradi.
X.H.Bozorovni Namangan viloyati hokimi lavozimiga tayinlaş töğrisida Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni UzAga joylaştirilgan.
"Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari Namangan viloyat Kengaşining qaroriga muvofiq:
Xayrullo Hayitboyeviç Bozorov Namangan viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin".
Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq Bahodir Tursunoviç Yusupov Namangan viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan.
Xayrullo Bozorov 1976 yil 16 yanvarda Çortoq tumanida tavallud topgan. Oliy Majlis senati a'zosi.
Namangan viloyatining yangi hokimi 1995 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tugatgan.
U 1995 yildan 2003 yilgaça Namangan Davlat soliq boşqarmasi inspektori, katta inspektori, bölim boşliği örinbosari va bölim boşliği vazifalarida işlagan.
2003 yildan 2005 yilgaça esa Namangan şahar Davlat soliq inspeksiyasi boşliği, 2005-2006 yillarda Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi boş mutaxassisi, 2006-2007 yillarda hokimlikning Axborot-tahlil guruhi rahbari sifatida faoliyat körsatgan.
Xayrulla Bozorov 2007-2008 yillarda Namangan viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari sifatida işlagan.
U şu vaqtgaça viloyatning 3ta tumaniga hokimlik qilgan: 2008-2009 yillarda Uçqörğon tumanida, 2009-2014 yillarda Çust tumanida, 2014 yildan hozirgaça Mingbuloq tumanida.


