9-noyabrdan boşlab xalqaro yuk taşuvçilar Qozoğistonning Özbekiston bilan çegarasidagi uçta ötkaziş punktida elektron navbatni band qilişda 20 ta oylik hisob-kitob körsatkiçi - OHKK (86 500 tenge yoki $192) miqdorida garov tölaşi şart. Qozoğiston Respublikasi Turkiston viloyati böyiça davlat daromadlari departamenti uşbu yangi talab haqida ogohlantirdi.

Talab quyidagi ötkaziş punktlarida amal qiladi:

«Qaziğurt»;

«Qonisboyev»;

«Atameken».

Navbatni band qiliş uçun taşuvçining maxsus elektron hisobida yetarli mablağ bölişi zarur. Agar yuk maşinasi belgilangan vaqtda yetib kelsa, mablağ töliq hajmda avtomatik tarzda qaytariladi.

Agar taşuvçi 90 ta taqvim kuni davomida ketma-ket ikki marta ötkaziş punktiga belgilangan vaqtda kelmasa, garov puli qaytarilmaydi. Mablağ davlat byudjetiga ötkaziladi.

Departamentdagilar uşbu çora çegarada sunʼiy navbatlar paydo bölişining oldini oliş maqsadida kiritilganini bildirdi. Taşuvçilardan qatnovlarni oldindan rejalaştiriş va elektron hisobda mablağ bölişini taʼminlaş söraldi.