NATOning yetakçi a'zolari öz taşkilotini kengaytiriş rejalaridan voz keçib, bu bilan xalqaro miqyosda xavfsizlik va tinçlik örnatişi mumkin edi, ammo SSSR parçalanib ketganidan söng “şuhrat çöqqisida yolğiz qolganlikdan töliq rohat oliş niyati paydo böldi”, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniyaning Bild naşriga bergan intervyusida.

“Biz amerikalik va yevropalik hamkorlarimiz tomonidan mantra misoli takrorlanadigan sözlarni ming marta eşitdik: davlatlar öz xavfsizligini ta'minlaş yölini tanlaş huquqiga ega, - dedi Rossiya yetakçisi. – Ha, biz buni bilamiz. Bu haqiqat.

Ammo haqiqat yana şundaki, boşqa davlatlar öz taşkilotlarini kengaytiriş va kengaytirmaslik, xalqaro xavfsizlik nuqtai nazaridan yondaşiş huquqiga egadirlar.

NATOning yetakçi a'zolari ham aytişlari mumkin edi: siz bizga qöşilmoqçi ekanliklaringdan xursandman, lekin taşkilotimizni kengaytirişni istamaymiz, biz Yevropa kelajagini boşqaçaroq köramiz”.