Abu Dabi şahrining al-Ayn yölida sodir bölgan törtta alohida hodisadan iborat ulkan avtohalokatga 96 maşina zarar kördi. Mahalliy matbuotda xabar qilinişiça, 23 kişi jarohat olgan.
Aytilişiça, ertalab şahar quyuq tuman bilan qoplangan va trassa yaxşi körinmay qolgan, bu bir qança YTHlarni keltirib çiqargan.
Yöl politsiyasi rahbariyati vakili Xalifa Muhammad al-Haliliyning ma'lumotiga qaraganda, voqea joyiga yetib kelgan guruh darhol xavfsizlik çoralarini kuçaytirgan va maşinalar oqimini boşqa marşrutlarga yönaltiriş çolaririn körgan.






