Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti Geologiya va geografiya fakulteti professori, geografiya fanlar doktori, Özbekiston geografiya jamiyati raisi Abdusami Soliyev yaqindagina Rossiya Geografiya jamiyatining 170 yilligiga bağişlangan II festivalida iştirok etib kelgandi.
Taniqli özbek olimini Rossiya Geografiya jamiyati prezidenti Sergey Şoygu şaxsan taklif etgandi.
Festivalning oçiliş marosimi Moskva şahrining Markaziy rassomlar saroyida bölib ötdi. Unda sözga çiqqan Abdusami Soliyev sohaga oid muammolarni hal etişda dunyo olimlari muntazam hamkorlik qilişi maqsadga muvofiq ekanligi, bu borada Özbekiston Milliy universitetida qator loyihalar amalga oşirilayotgani haqida atrofliça ma'lumot berdi.
Bu haqda Abdusami Soliyev şunday degan:
– Bu festivalda men Özbekiston Geografiya jamiyati raisi sifatida qatnaşdim. Unda Janubiy Afrika Respublikasi, Hindiston, Eron va Slovakiya davlatlari geografiya jamiyatlarining rahbarlari ham iştirok etdilar. Festival oçiliş marosimida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Viladimir Putinning anjuman iştirokçilariga yöllangan maktubi öqib eşittirildi. Söngra Rossiya Geografiya jamiyati Prezidenti Sergey Şoyguning ma'ruzasi anjuman iştirokçilarida katta qiziqiş uyğotdi. Şu kuni Moskva Markaziy rassomlar saroyida katta miqiyosda taşkil etilgan Rossiya Geografiya jamiyatining 85 ta hududiy bölimlari körgazmali, şuningdek, jamiyatning Arktikani örganiş böyiça ötkazilayotgan ilmiy ekspeditsiyalari natijalari, maket va fotosuratlari ajoyib qiziqiş uyğotdi.
Özbek olimining bu festivalda iştirok etişidan asosiy maqsadlaridan biri – Özbekiston Respublikasi va Rossiya Geografiya jamiyatlari örtasida özaro hamkorlik aloqalariin yanada rivojlantiriş edi. Bu borada tegişli şartnomalar imzolandi.
Tadbir doirasida Rossiya Fanlar Akademiyasi qoşidagi Geografiya institutida ham ilmiy anjuman ötkazildi. Unda Abdusami Soliyevning Özbekistonning mustaqillik yillarida erişgan yutuqlari asoslab berilgan ilmiy ma'ruzasi anjuman iştirokçilarida katta taassurot qoldirdi.
Şuningdek, Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti Geografiya fakultetida ötkazilgan davra suhbatida professor Abdusami Soliyevning “Özbekiston Respublikasining yangi iqtisodiy geografiyasi” mavzuidaga ma'ruzasi ayniqsa talabalar va ilmiy tadqiqotçilarda katta qiziqiş uyğotdi.
Safar mobaynida özbek olimi Moskva Davlat universiteti Geografiya fakulteti kafedralari faoliyati bilan tanişdi. Mezbonlar taniqli özbek olimiga alohida ehtirom körsatişib, özlarining yangi öquv adabiyotlari, ularning elektron nusxalari, xarita va atlaslaridan in'om etdilar.





