Saylov kampaniyasi Mask tomonidan moliyalaştirilgan 43 nafar respublikaçidan faqat uçtasigina Vakillar palatasiga ötdi; 33 nafari mağlub böldi, qolgan yetti nafari esa ovozlarni sanaş hali davom etayotgan okruglarda demokratlardan ortda qolmoqda, deb xabar berdi Reuters. U Senatga qöllab-quvvatlagan nomzodlarning yetti nafaridan oltisi yutqazdi, Alyaskada esa ovozlarning 77 foizi sanalgandan söng, demokrat Meri Peltola kiçik farq bilan oldinda bormoqda. Mask özining SpaceX va Tesla kompaniyalari boş qarorgohlarini Kaliforniyadan köçirib ötkazgan Texas ştatida mojarolarga botgan respublikaçi Ken Pakstonni qöllab-quvvatlaş uçun 230 mln dollar va gubernatorlik lavozimi uçun kuraşga 5 mln dollar sarflaganiga qaramay, butkul mağlubiyatga uçradi. Yakunda demokratlar Jeyms Talariko va Jina Inoxosa mos ravişda ştat senatori hamda gubernatori etib saylandi.
Saylov kampaniyalari moliyalaştirilişini monitoring qiluvçi OpenSecrets taşkiloti maʼlumotlariga köra, Mask birgina Kongress saylovining öziga 445 mln dollar sarflagan. U kiritgan mablağlarning töliq miqdori nomaʼlumligiça qolişi mumkin, çunki u yana önlab million dollarni notijorat taşkilotlar orqali, millionlab dollarni esa ştatlar va mahalliy darajadagi saylovga sarflagan, dedi Reuters agentligiga uşbu xarajatlardan xabardor manba. Financial Times maʼlumotlariga köra, umumiy summa 470 mln dollardan oşgan.
Mask esa 4-noyabr kuni ertalab X tarmoğida şunday deb yozdi: «Körinişidan, saylovga aralaşişga möljallangan kosmik lazerlarim bu safar iş bermadi».
Demokratlar nazoratiga ötgan Kongress Maskning Starlink sunʼiy yöldoş xizmati va maʼlumotlar markazlarini quriş loyihalari ustidan nazoratni kuçaytirişi, şuningdek, uning Tramp maʼmuriyati hamda Texas rasmiylari bilan aloqalarini tergov qilişga kirişişi mumkinligidan xavotirlangan investorlar sabab, çorşanba kuni SpaceX va Tesla aksiyalari mos ravişda 3,9% va 3,3% ga arzonlaşdi.












