27 martdan boşlab Ugam-Çotqol davlat milliy boği boşqarmasi negizidagi Briçmulla örmon xöjaligi korxonasida ekologik tadbir ötkazildi. Tadbir davomida eman, kaştan va yapon soforasining 1000 dan köproq köçatlari ekildi.

Uşbu tadbir taşkilotçilari Toşkent davlat agrar universiteti iştirokida Davlat tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi, "Ekosan" xayriya jamğarmasi va "Ekomaktab" NNT böldi. Tadbir 2012 yil 21 dekabrda BMT Xavfsizlik kengaşi Boş assambleyasi tomonidan tasdiqlagan Xalqaro örmon kuniga (21 mart) bağişlandi.

Tadbirdan maqsad Briçmulla örmon xöjaligi işçilariga daraxtlar ötkaziş va örmonni muhofaza qiliş tadbirlarida amaliy kömak körsatişdan iborat böldi.

Daraxtlarni ekişda agrar universitetining 50 dan köproq talabasi, ma'sul taşkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, brend kompaniyalari vakillari iştirok etdilar. Köçatlar Yuqoriçirçiq tumaning yangi qurilgan dahalari hududi, Toşkent – Çorvoq yöli böylab ekildi.

Ma'lum qilinişiça, ekin uçun bu daraxt turlari bejiz tanlanmagan. Yapon soforasi va kaştan mevalari şifobaxş xususiyatlariga ega. Kaştan daraxtining bitta katta yoşdagisi 20 ming kub metr hajmdagi hududni çiqindi gazlardan tozalay oladi. Eman esa özining fitonsid (bakteriyalarga qarşi) xususiyatlari bilan ma'lum.