DataReportal BMT maʼlumotlari asosida eʼlon qilgan aholi soniga oid hisob-kitoblarga köra, atigi yetti mamlakatda 4 milliarddan ortiq odam istiqomat qiladi.
Birinçi örinda aholisi taxminan 1,48 milliard kişiga yetgan Hindiston turibdi. Undan keyin 1,41 milliard aholiga ega Xitoy keladi. Osiyodagi uşbu ikki davlat hissasiga sayyoramiz aholisining qariyb 35 foizi töğri keladi.
Uçinçi örinni taxminan 349 million aholiga ega AQŞ egallagan. Keyingi örinlarda 288 million aholi bilan Indoneziya va 260 million aholi bilan Pokiston joylaşgan.

Afrikaning aholisi eng köp mamlakati bölgan Nigeriya taxminan 243 million kişi bilan oltinçi örinni egallagan. Röyxatni 213 million kişi istiqomat qiladigan Braziliya yakunlaydi.
Infografikaga köra, uşbu yetti mamlakat hissasiga jami Yer yuzi aholisining taxminan 51,2 foizi töğri keladi.
DataReportal’ning BMT hisob-kitoblari asosida tayyorlangan Digital 2026 Global Overview Report hisobotida 2025-yil oktabr holatiga dunyo aholisi taxminan 8,25 milliard kişi deb baholangan. Unda Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, sayyoramizning aholisi eng köp mamlakatiga aylangani ham qayd etilgan.
Bu yetti mamlakatda demografik tendensiyalar turliça. Hindiston, Pokiston va Nigeriya aholisi ösişda davom etayotgan bölsa, Xitoyda aholi sonining qisqarişi kuzatilmoqda.
DataReportal hisob-kitoblariga köra, 2025-yil oktabrigaça bölgan 12 oy davomida Xitoy aholisi taxminan 3,25 million kişiga kamaygan, Hindiston aholisi esa qariyb 12,9 million kişiga köpaygan. Bu maʼlumotlar sayyoramiz aholisining notekis taqsimlanganini yaqqol körsatadi: atigi yetti mamlakatda dunyoning qolgan barça davlatlaridagi jami aholidan köproq odam yaşaydi.













