Kiçik Magellan Bulutida bir yulduzi neytron yulduzga aylangan deb hisoblanayotgan, ikkinçisi esa şunday yulduzga aylanişga tayyorlanayotgan tizim topildi. Agar juftlik ikkinçi portlaşdan keyin ham saqlanib qolsa, yuzlab million yillar ötib neytron yulduzlar töqnaşadi va gravitatsion tölqinlar çiqariş hisobiga massasining bir qismini yöqotadi. Topilma astronomlarga bunday juftliklar şakllanişining oraliq bosqiçini batafsil örganiş imkonini berdi. Ilgari bu bosqiçni kuzatiş deyarli imkonsiz edi.
Neytron yulduzlar yadroviy yoqilğisini tugatgan katta massali yulduzlar yadrosining kollapsi natijasida paydo böladi. Bunda yadro siqilib, asosan neytronlardan iborat nihoyatda ziç obyektga aylanadi. Agar ikkita neytron yulduz bir-biriga yaqin joylaşgan bölsa, ular gravitatsion tölqinlar körinişida energiya çiqarib, asta-sekin yaqinlaşib boradi.
Vaqt ötişi bilan ular qöşilişi mumkin. Bu jarayonda ham gravitatsion tölqinlar körinişida energiya çiqariladi va şu hisobiga massaning sezilarli qismi yöqotiladi. Bunday qöşilişlarda oğir elementlar hosil böladi, olimlar esa moddaning öta yuqori ziçlikdagi xususiyatlarini örganiş imkoniga ega böladi.
Biroq bunday juftliklarning qanday paydo bölişi hali töliq tuşunarli emas. Nazariy modellarga köra, ularning şakllanişidagi eng muhim bosqiçlardan biri yulduzning taşqi qobiğini yöqotişi bilan boğliq. Hamrohi bilan özaro taʼsirlaşiş natijasida yulduz vodorodining katta qismidan mahrum böladi, komponentlar orasidagi masofa esa keskin qisqaradi. Natijada bir-biriga juda yaqin joylaşgan neytron yulduz va qaynoq «yalanğoç» yulduz yadrosidan iborat tizim hosil böladi. Keyinçalik bu yadro ham neytron yulduzga aylanişi mumkin. Ammo hozirgaça bunday obyektlarni kuzatişning deyarli iloji bölmagan.
Endi Belgiyadagi Lyoven katolik universitetidan Betani Lyudvig boşçiligidagi astronomlar guruhi Kiçik Magellan Bulutidagi DGL-3 tizimini örgandi. Unda massasi Quyoş massasidan taxminan 3,4 baravar katta bölgan qaynoq yulduz bor. Bu yulduz vodorod qobiğining katta qismini allaqaçon yöqotgan. Uning harorati Selsiy böyiça taxminan 70,7 ming darajaga yetadi, radiusi esa Quyoş radiusining qariyb 0,77 qismiga teng.
Avvalgi kuzatuvlar yulduzning nuriy tezligi - kuzatuvçining köriş çiziği böylab harakatlaniş tezligi - sezilarli özgarişini körsatgan. Biroq ikkinçi komponent spektrda körinmagan. Uning tabiatini aniqlaş uçun tadqiqotçilar Çilidagi Las-Kampanas observatoriyasining Valter Baade teleskopi yordamida 2019–2022-yillarda olingan 38 ta spektrni tahlil qildi.
Maʼlum bölişiça, yulduz umumiy massa markazi atrofini bor-yöği 4,17 soatda töliq aylanib çiqadi. Şu bilan birga, uning yorqinligi davriy ravişda taxminan 2,5 foizga özgaradi. Bunga körinmas hamrohning tortiş kuçi yulduzni bir oz çözişi sabab böladi. Yulduz orbita böylab harakatlanganida, uning Yerdan körinadigan sirti maydoni özgaradi. Şuning uçun yorqinligi ham özgarib turadi.













