Sönggi vaqtlarda matbuotimizda milliy kinolarimiz haqida turli fikrlar bildirilgan maqolalar e'lon qilinib, ularda “Nima uçun bizda tarixiy filmlar yaratilmaydi”, degan haqli savol örtaga taşlanmoqda. Fikrlar yaxşi. “Ming asrlar içra pinhon” tariximiz bobma-bob kinolentalariga muhrlansa, nur ustiga a'lo nur bölardi. Çunki Prezidentimiz ta'kidlab ötganlaridek, “Xotirasiz barkamol kişi bölmaganidek, öz tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bölmaydi”.

Bundan bir neça yillar avval “Ötgan kunlar” kartinasining ikkinçi variantini köriş iştiyoqi tuğildi. Çunki nima uçundir haligaça şu filmni körmagan edim. Matbuotda ayni şu kino borasida tanqidlar köp bölgani sabab körişga yuragim dov bermagan edi. Lekin bu gal jur'at qilib körişga jazm qildim. Ming afsuski, kinofilmlarning CD, DVD disklari sotilayotgan biror bir “nuqtadan” “Ötgan kunlar”ni topa olmadim. Sörasam, “spros yöq” deyişdi. Xulosa qildimki, demak kartinada Otabek va Kumuşlar muhabbati yuzma-yuzaki yoritilgan.

Yana bir narsa, bizda kino, deganda melodrammalar tuşunilmoqda, mening nazarimda “Ötgan kunlar”ning birinçi filmi yaratilayotganda zamon nozik edi, öşa vaqtda muallifning içki dardlarini yuzaga kötarişning iloji yöq edi. Endi mustaqillik zamonida adib nimani xohlaganini ekranga olib çiqiş kerak. Yozuvçi mavzuni “moziydan, yaqin ötgan kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlari bölgan keyingi “xon zamonlari”dan” boşlaganini esdan çiqariş kerak emas. Bir söz bilan aytganda Otabek va Kumuş sevgisi öşa zamon senzurasini çalğituvçi omil bölib, asoson, tarix, töğriroği xonlik illatlari qalamga olingan. Kitobning “Toşkand ustida qonliq bulutlar”, “Çaqimçilik”, “Qamoq”, “Najot istab Toşkandga”, “Toşkand qamalda”, “Azizbek”, “Xukmnoma”, “Istiqlol dardi”, “Inqilob”, “Bir ğaribi beçora”, “Musulmonqul”, “Musulmonqul istibdodiga xotima”, “Qipçoqqa qirğin” boblarida tariximizning eng kirlik qora kunlari qalamga olingan bölib ana öşa tarixiy hodisalar ekran yuzini körişi kerak.

“Temur va Saroymulkxonim”, degan filmni melodrama sifatida suratga oliş nahotki qiyin bölsa?!. Muhammad Alining “Sarbadorlar”, Mirmuhsinning “Xöjand qalasi” kabi asarlari “qaçon kino bölar ekanmiz”, deb rejissyorlarni kutib yotişibdi. Mirkarim Osim qalamiga mansub “Tömaris”, “Şiroq”, “Jayxun ustida bulutlar”, “Ibn Sino qissasi”, “Ötror”, “Temur Malik”, Yavdot Ilyosovning “Spitamen”, Mannop Egamberdiyevning “Sariq ajdar hamlasi” kabi asarlaridan nahotki xorijliklar işlagan “Gladiator”, “Spartak”, “Şeryurak”, “Vatanparvar” singari filmlar yaratib bölmaydi? Böladi, faqat xoxiş bölsa kifoya. Hozirça rejissyorlarimiz ssenariy yöq, deb özlarini oqlaşdan nariga ötişmayapti. Balki, milliy mafkuramizdan asar ham bölmagan “Boyvaçça” kabi kinolarga mablağ sarflayotgan homiylar tarixiy filmlarga ham ozgina mablağ berişsa, haqiqiy sovğa bölarmidi?!