Rossiya premer-ligasining 26-turida «Rostov» Saranskka safar qildi va mahalliy jamoa, ayni vaqtda turnir jadvalining eng quyi örnida joylaşgan «Mordoviya»ga 1:2 hisobida mağlub böldi. Bu Kurban Berdiyevning jamoasi uçun 2016 yildagi ilk mağlubiyat böldi.
Maydon egalari öyinning 56-daqiqasidayoq hisobni oçişdi: Sergey Samodin Soslan Janayevni doğda qoldirdi, bu darvozabon oxirgi marta ötgan yilning 30 noyabrida gol ötkazgandi. Öyinning 67-daqiqasida mehmonlarning zaxiradan tuşgan futbolçisi, eronlik yoş hujumçi Serdar Azmun hisobni tenglaştirdi. Lekin öyin yakuniga 5 daqiqa qolganida öyin hakami mehmonlar darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi va uni Dalibor Stevanoviç aniq amalga oşirib, jamoasiga ğalaba keltirdi.
«Rostov» mağlubiyatdan keyin RFPL turnir jadvalida birinçi öringa qayta olmadi. Bir kun oldin öz uçraşuvini ötkazib, ğalaba qozongan TsSKA endi 2 oçkolik farq bilan birinçi örinda joylaşgan. Ötgan turda «Rostov»dan 0:3 hisobida mağlub bölgan «Zenit» donliklar jamoasidan 2 oçkoga ortda qolmoqda. «Mordoviya» esa bu ğalabadan keyin oxirgi örinni tark etib, 14-öringa,«Kuban» va «Anji»dan yuqoriga joylaşgan.
Rossiya - Premer-Liga. 26-tur
Mordoviya (Saransk) – Rostov (Rostov-Don) – 2:1
Gollar: Samodin, 56 (1:0); Azmun, 67 (1:1); Stevanoviç, 86 (2:1, pen).
Ogohlantirişlar: Stevanoviç, 38; Revişvili, 74; Dudiyev, 78 – Kalaçyov, 71; Navas, 84.











