17-sentabrga ötar keçasi Rossiyaning Rostov-Don şahri ommaviy dron hujumiga uçradi. Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusarning maʼlum qilişiça, hujum oqibatlari yerda ham qayd etilgan va yonğin çiqqan, keyinçalik u tezkorlik bilan öçirilgan.

Gubernator maʼlumotiga köra, odamlar jabrlanmagan.

Transformator podstansiyasining şikastlanişi oqibatida Rostov-Donning Voroşilov, Lenin, Oktabr va Kirov tumanlarida elektr taʼminotida uzilişlar yuzaga kelgan.

Oltita xususiy uyning derazalari, tom qismi va oynalari, şuningdek, xöjalik binolari şikastlangan. Rostov hamda Myasnikovskiy tumanida turli joylardan dron parçalari topilgan.

Slyusarning bildirişiça, tun davomida Rostov viloyati hududida 50 dan ortiq dron urib tuşirilgan. Ular Rostov, Bataysk, Kamensk-Şaxtinskiy, Taganrog va viloyatning önta tumanida qayd etilgan.

Harbiy aerodromda yonğin

Astra naşri OSINT tahliliga tayanib, Rostov-Dondagi «Rostov-na-Donu - Sentralnyy» harbiy aerodromi hududida yonğin çiqqanini xabar qildi.

Oçiq manbalar asosidagi tahlilga köra, yonğin harbiy samolyotlar va vertolyotlar turadigan maydon atrofida yuz bergan bölişi mumkin.

Ukrainaning Exilenova+ monitoring kanali ham Ukraina dronlari harbiy aerodromga zarba bergani va uning hududida yirik yonğin çiqqanini daʼvo qildi. Kanalga köra, aviatsiya va harbiy baza infratuzilmasi zarba ostida qolgan.

Biroq uşbu maʼlumotlar Rossiya rasmiylari tomonidan tasdiqlanmagan. Rostov viloyati gubernatori hujumning aniq nişonlari haqida maʼlumot bermagan.

Yaroslavlda NQZ şikastlandi

Xuddi şu keça Yaroslavl şahri ham dronlar hujumiga uçradi. Telegram kanallari hujumning asosiy nişonlaridan biri «Slavneft-YANOS» neftni qayta işlaş zavodi bölganini xabar qildi.

Korxona Rossiyadagi beşta eng yirik neftni qayta işlaş zavodi qatoriga kiradi va mamlakat şimolidagi eng yirik NQZ sifatida qayd etiladi.

Zavod avtomobil benzini, Yevro-5 standartidagi dizel yonilğisi, aviatsiya kerosini va reaktiv dvigatellar uçun yoqilği işlab çiqaradi.