25 iyul kuni Rossiya janubidagi Rostov oblastiga kuçli dovul yopirildi – kuçli momaqaldiroq bölib, jala quydi. Rostov-Don şahri meri Aleksandr Skryabinga köra, tabiiy ofat oqibatida bir kişi halok bölib, 13 kişi jabrlangan, şundan yetti nafari şifoxonaga yotqizilgan.
Noqulay ob-havo tufayli oblastning 15 ta şahri va rayoni elektr ta’minotisiz qolgan, Rostovda va yana bir neça aholi yaşaş manzillarida içimlik suv ta’minoti bilan boğliq muammolar ham yuzaga kelgan.
Rostov şahrida 170 dan ortiq daraxt qulagan, ularning ayrimlari avtomobillarni bosib qolgan, şuningdek, 18 ta joyda yuqori voltli liniyalarda avariya röy bergan.


Gubernator Yuriy Slyusar ma’muriyat qayta tiklaş işlarini nazorat qilayotganini ta’kidlab, hudud aholisidan imkon qadar uyda qolişni söragan.

Rossiya temiryöllari ma’lum qilişiça, noqulay ob-havo şaroiti tufayli regionda qariyb 90 ta poyezd öz vaqtida yölga çiqa olmagan, ayrim reyslar sakkiz soatgaça keçiktirilgan.











