DW xabariga köra, Astra videolarning oçiq manbalar asosidagi tahlili orqali hujum nişoni Rostov-Donning Jeleznodorojniy tumanida joylaşgan Novoşaxtinsk neft mahsulotlari zavodi terminali bölganini aniqlagan.
Guvohlar kuçli yonğin va portlaşlar haqida xabar bergan. Ukrainaning Exilenova+ monitoring kanali ham guvohlar videolari va NASA FIRMS platformasi maʼlumotlariga tayanib, mazkur terminalga zarba berilganini yozgan.
Avval «Yug Rusi» nomi bilan tanilgan terminalning loyihaviy quvvati yiliga qariyb 2,5 million tonnani taşkil etadi. Astra maʼlumotiga köra, u neft mahsulotlarini eksport uçun qayta yuklaşga xizmat qiladi, şuningdek, Rossiya Qurolli kuçlarini yonilği bilan taʼminlaşda ham foydalaniladi.
Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusar hududga 50 dan ortiq uçuvçisiz apparat hujum qilganini va viloyat markazida yonğin çiqqanini tasdiqlagan.
Uning maʼlumotiga köra, bir erkak yaralangan. Şaharning bir neçta tumanida köp qavatli turar joylar şikastlangan, aholi evakuatsiya qilingan.
Hujum oqibatida temiryöl köprigi ham zarar körgan. Şu sababli poyezdlarning har ikki yönalişdagi harakati töxtatilgan.
Slyusar Bataysk şahrida ham dron hali aholi köçib kirmagan köp qavatli uyga urilganini bildirgan. Bu yerda ham yonğin çiqqan.
Astra Rostov-Dondagi zarar körgan turar joyning suratini ham eʼlon qilgan. Naşrning OSINT tahliliga köra, bu Privokzalnaya köçasidagi yangi «Donskaya Sloboda» turar joy majmuasida joylaşgan köp qavatli uydir.

















