Agar Qöşma Ştatlar Suriyaga quruqlikdagi harbiy kuçlarini yuborişga qaror qilsa, Saudiya Arabistoni ham Suriyaga AQŞ boşqaruvidagi koalitsiya tarkibiga maxsus bölinmasini yuborişga tayyor. Bu haqda 2 may kuni Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri Adel al-Jubeyr ma'lum qilgan.
“Agar AQŞ boşqaruvidagi koalitsiya Suriyaga quruqlikdagi kuçlarini yuborişga qaror qilsa, u holda Saudiya Arabistoni uşbu urinişlarning bir qismi sifatida maxsus kuçlarini yuboradi. Bu bir tomonlama qadam bölmaydi, bu IŞIDga qarşi AQŞ boşqaruvidagi koalitsiyaning bir qismi böladi”, - dedi vazir.
Al-Jubeyrning aytişiga köra, bu masala AQŞ harbiylari bilan muhokama qilingan.
Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri 2 may kuni Jyenevada AQŞ davlat kotibi Jon Kerri va BMT boş kotibining Suriya masalalari böyiça maxsus vakili Staffan de Mistura bilan uçraşdi. Suhbat davomida Suriyadagi vaziyat muhokama qilindi. Al-Jubeyrning aytişiça, prezident Başar Asad hukumat tepasidan ketmay turib, Suriyada tinçlik örnatiş imkoni mavjud emas.











