«Lester» jamoasi boş murabbiyi Klaudio Raneri jamoasi bilan muddatidan oldin Angliya çempioni bölganini bilganidan söng öz hissiyotlari bilan örtoqlaşdi.

«Men juda faxrlanaman. Men futbolçilar, prezident, «Lester»ning barça xodimlari, muxlislar va bizning şahrimiz uçun xursandman. Bu aqlbovar qilmas hissiyot, barça uçun xursandman.

Meni bu vazifaga tayinlaşganida, bunday natijalarga erişa olişimizni kutmagandim. Men pragmatikman, men şunçaki ğalaba qozonişni va öyindan-öyinga rivojlanib borişni istagan edim. Bu narsa bizni nimalarga yetaklaşini kutmagan edim.

Futbolçilar fantastik mavsumni ötkazişdi. Ularning maqsadlari, tirişqoqligi va ruhiyati bunga sabab böldi. Har öyinda bir-biri uçun kuraşdilar. Men bunday öyinçilarni yaxşi köraman. Ular çempion bölişga haqli edi», - deydi Raneri.