TuttoSagliari naşri xabariga köra, özbekistonlik 28 yoşli hujumçiga Italiyaning «Kalyari» klubi qiziqiş bildirmoqda. Qayd etilişiça, jamoa boş murabbiyi Klaudio Raneri Şomurodovni öz jamoasi safida körişni istamoqda.
Italiyalik 71 yoşli taniqli mutaxassis yanvar oyida «Kalyari» boş murabbiyiga aylangaç, B Seriyada 14-örinda borayotgan klubni yarim yil içida peşqadamlar safiga kötarib, mavsum yakunida pley-off orqali A Seriyaga olib çiqişga muvaffaq böldi. Raneri A Seriya yangi mavsumi oldidan jamoasi tarkibini kuçaytirişni rejalaştirgan.

Avvalroq, Şomurodov Joze Mourinoning yangi mavsum uçun rejalaridan örin olmagani, unga Italiyaning «Leççe» va Ispaniyaning «Jirona» klubi qiziqiş bildirayotgani haqida xabar tarqalgandi.
Eslatib ötamiz, Şomurodov ötgan mavsumning ikkinçi qismini ijara asosida «Spetsiya»da ötkazib, 16 öyinda bitta gol va 2ta assistga mualliflik qilgandi.












