Rossiya va Özbekiston sudlangan şaxslarni almaşiş haqida şartnoma tuzadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Adliya vazirligiga hukumat taklifini qabul qilib, Özbekiston bilan sudlangan şaxslar bilan almaşiş haqida şartnoma tuzişga farmoyiş berdi. Bu haqida Rossiya rasmiy huquqiy portalida e'lon qilingan.
“Adliya vazirligiga mazkur şartnoma loyihasiga hukumat tomonidan taklif qilingan, hal qiluvçi ahamiyatga ega bölmagan özgarişlarni kiritiş va Özbekiston tomoni bilan kelişuvga erişilgaç, Rossiya nomidan uni imzolaş topşirilsin”, — deyilgan hujjat matnida.
Bu kabi şartnomalar bir mamlakat fuqarosi boşqa mamlakatda jinoyat sodir qilib, öşa mamlakat sudi tomonidan qamoq jazosi belgilangan hollarda kuçga kiradi. Mamlakatlar kelişuviga asosan, jazolangan şaxs qamoq jazosini öz vatanida ötaşi mumkin. Undan taşqari, jazolangan şaxs yoki uning yaqin qarindoşlari iltimosiga binoan, jazoni ötaş uçun u öz vataniga qaytarilişi mumkin.











