2025 yil mart oyida Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili, ombudsman Feruza Eşmatovaning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Izboskan tumani IIB vaqtinça saqlaş hibsxonasidagi (VŞ) şaroitlarni örganib, qator kamçiliklarni aniqlagan edi.

Jumladan, hibsxonada sanitariya-gigiyena va moddiy-texnik ta’minotga oid jiddiy kamçiliklar, kanalizatsiya tizimi bilan boğliq muammolar borligi va ayrim mahbuslarni majburiy mehnatga jalb qiliş holatlari qayd etilgan.

Ombudsman tomonidan uşbu holatlar böyiça Andijon viloyati içki işlar boşqarmasiga kamçiliklarni bartaraf etiş va tegişli çoralar körilişi söraldi.

Ma’lum qilinişiça, monitoring yakunlariga köra, 6 nafar xodimga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan va ularga intizomiy çoralar qöllangan. Jumladan, 1 nafar xodim Intizomiy kengaş muhokamasiga qöyilgan, 2 nafar xodimga tanbeh, 2 nafariga esa hayfsan intizomiy jazolari berilgan. VŞ rahbari esa içki işlar organlaridan öz arizasiga köra böşatilgan.

Ta’kidlanişiça, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça işlar boşlangan bölib, ularning töliq hal etilişi böyiça ombudsman doimiy nazorat olib boradi.