Rossiya Davlat dumasi tomonidan qabul qilingan qonunga köra, sudlanganligi olib taşlanmagan yoki qonuniy tartibda bekor qilinmagan yana bir qator şaxslar mamlakat Qurolli kuçlari bilan harbiy xizmat şartnomasini tuzişi mumkin böladi.

Hujjat Rossiya parlamentining rasmiy saytida e’lon qilindi.

Qanday jinoyatlar böyiça mahkumlar qamrab olinadi?

Yangi qonun qator oğir jinoyatlar uçun sudlangan şaxslarga nisbatan ham amal qiladi.

Jumladan, quyidagi moddalar böyiça mahkumlar armiya bilan şartnoma tuziş huquqiga ega böladi:

  • naqd pul, narkotik moddalar, qurol-yaroğ, portlovçi moddalar, yadroviy materiallar va xavfli biologik agentlar kontrabandasi;
  • qöriqlanadigan ob’yektlarga noqonuniy kiriş;
  • yoqilği-energetika infratuzilmasi xavfsizligini buziş;
  • yadroviy materiallar bilan qonunga zid muomala qiliş;
  • yadroviy materiallarni öğirlaş.

Şuningdek, qonun quyidagi jinoyatlar uçun mahkum etilganlarga ham tatbiq etiladi:

  • banditizm;
  • jinoiy uyuşma taşkil etiş yoki unda iştirok etiş;
  • noqonuniy migratsiyani taşkil etiş;
  • davlat siriga oid hujjatlarni yöqotiş.

Rossiyaning «Interfaks» agentligi ma’lum qilişiça, mazkur hujjat Jinoyat kodeksining 78¹-moddasiga özgartiş kiritiş töğrisidagi qonun bilan bir paketda qabul qilingan.

CSIS: Rossiyaning yöqotişlari keskin oşgan

Şu bilan birga, Vaşingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) tahlilçilari Rossiya armiyasi 2026 yilda Ukrainada ança katta yöqotişlarga uçrayotganini qayd etdi.

Tadqiqotga köra, 2026 yilda Rossiya Qurolli kuçlari harbiy xizmatçilarini Ukraina armiyasiga nisbatan sakkiz barobar köproq yöqotmoqda.

CSIS hisob-kitoblariga köra, 2022 yil fevral oyida uruş boşlanganidan buyon ikki tomonning umumiy yöqotişlari ikki million nafarga yaqinlaşgan.