«Lester» jamoasi 3 mayga ötar keçasi muddatidan oldin APL çempioniga aylangani ma'lum bölgaç, bu haqda tvitter ijtimoiy tarmoğida 5,5 mln tvit qoldirilgan.

Tvitter tomonidan taklif etilgan maxsus "çempionlik tviti" esa bir neça soat içida 400 ming martadan ortiq retvit yiqqan. Bu tvitga 300 mingdan ortiq "layk" bosilgan.

Taqqoslaş uçun, ötgan yili «Çelsi» jamoasi çempion bölgani haqidagi tvit 38 365 marta retvitlangan, Germaniya futbol ittifoqining terma jamoa 2016 yilgi mundial ğolibi bölgani haqidagi tvit esa 18 498 marta qayta tvit qilingan.

 «Lester» ğalabasidan keyin tvitter foydalanuvçilari «party» («ziyofat») sözini Yangi Yil kuni işlatiladigan darajada işlatişgan.

«Lester»ning çempionligi britaniyalik tvitter foydalanuvçilari faolligini 86 foizga oşirgan.