Vaşingtonning şimoli-şarqida erkak avtobusni olib qoçib, trotuarga çiqib ketib, bir piyodani bosib qetdi. Bu haqda Vaşington politsiyasi boşliği Keti Lenir matbuot-anjumanida jurnalistlarga ma'lum qildi. 

"Erkak haydovçiga hujum qilib, transport vositasini olib qoçgan va yoqilği quyiş stansiyasidagi avtoturargoh bordyuridan ötmoqçi bölib, piyodani urib ketgan. Barçasi tez, 3 daqiqa davomida yuz bergan", deb ma'lum qildi Lenir.

Lenir gumonlanuvçi hibsga olinganini ma'lum qildi. "Bu juda ğalati va berahm odam ekan", deb jinoyatçini ta'rifladi Lenir. 

Lenirning aytişiça, jinoyatçida "ma'lum körinişdagi qurol" bölgan, biroq u tafsilotlarga berilmadi.

Mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da sodir etilgan hujum oqibatida avtobusdagi yölovçilar jabrlanmagan, haydovçiga esa heç narsa xavf solmagan. Urib ketilgan piyoda şifoxonaga olib borilgan, biroq şifokorlar uning hayotini saqlab qololmaganlar.