Bu çoralar temiryöl, havo va avtomobil transportida mahalliy yölovçi taşuvlarini 2030-yilgaça kompleks rivojlantiriş strategiyasini tasdiqlaş haqidagi qaror loyihasining 14-bandida keltirilgan.

Elektron çiptalar uçun uç yillik çegirma

Loyihaga köra, 2027-yil 1-yanvardan 2029-yil 31-dekabrgaça şahar atrofi poyezdlari, şahar atrofi va şaharlararo avtobus yönalişlariga elektron çipta olgan yölovçilarga kamida 20 foiz çegirma beriş taklif etilmoqda.

Bu orqali elektron tölov va çipta tizimlaridan foydalanişni rağbatlantiriş, yölovçi taşiş körsatkiçlarining şaffof hisobini yuritiş hamda yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş maqsad qilingan.

2030-yil 1-yanvardan esa mazkur yönalişlarda yöl haqini naqd pulda tölaş amaliyotidan töliq voz keçib, faqat naqdsiz hisob-kitobga ötiş közda tutilgan.

Uzoq masofaga çipta olganlarga şahar atrofi poyezdi bepul bölişi mumkin

Hujjatda uzoq masofaga qatnovçi poyezdga elektron çipta xarid qilgan yölovçilar uçun yana bir qulaylik taklif qilingan.

Ular çiptada körsatilgan jönaş vaqtidan oldingi va manzilga yetib kelganidan keyingi 12 soat davomida tegişli hududdagi şahar atrofi poyezdlaridan bepul foydalanişi mumkin böladi.

Bu tartibni 2027-yil 1-sentabrga qadar işlab çiqiş va joriy etiş nazarda tutilgan. Taklif şahar atrofi poyezdlarining bandligini oşiriş va harakat tarkibidan samarali foydalanişga qaratilgan.

Mazkur çoralar hozirça qaror loyihasida keltirilgan bölib, tasdiqlangan tartib hisoblanmaydi.