Amerikalik boşpanasiz Mario Martines gazetalar sotib yiqqan puliga uy sotib oldi. Bu haqida People jurnali xabar beradi.

Mario Martines har ön sentni tejab bordi va natijada, beş yil köçalarda gazetalar sotib yurganidan söng, Tennessi ştatining Şarlott şahridan 762 kvadrat metr maydonga ega 1,2 gektarli hovli sotib oldi. U boşpanasizlar uçun yaratilgan imtiyozli şaroitda maşhur naşrlardan birini tarqatiş bilan şuğullangan.

Erkak olti yil avval işdan böşagan va treyler (maşinali uyça)da suv va isitgiçlarsiz özining törtta iti bilan birga yaşab kelgan. Mario gazetalar sotib töplagan daromadlarini boğli hovlilarni parvarişlaş böyiça kiçik biznesga sarmoya kiritişdan boşladi. Keyin esa u turar-joy sotib oliş uçun yetarli mablağ yiğişga muvaffaq böldi.