Italiyaning Il Foglio gazetasi sun’iy intellekt tomonidan töliq yaratilgan birinçi sonini çiqardi. Sun’iy intellekt (SI) gazetadagi barça maqolalarni, ularning sarlavhalarini yozgan va hatto kinoyali izohlar ham qöşgan, deb yozadi The Guardian.
Il Foglio boş muharriri Klaudio Çerasaning ta’kidlaşiça, naşr sun’iy intellekt texnologiyalari zamonaviy jurnalistikani qanday özgartirayotganini körsatiş uçun uşbu tajribaga jur’at etgan. Il Foglio AI ning maxsus soni 18 mart kuni çiqqan. U tört sahifadan iborat bölib, gazetani ham bosma, ham onlayn şaklda öqiş mumkin.
«Bu butunlay sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi birinçi kundalik gazeta: maqolalar va sarlavhalardan tortib iqtiboslar va şarhlargaça,» — deydi Çerasa.
Muharrirning aytişiça, mazkur loyihada jurnalistlar faqatgina sun’iy intellektga savollar beriş va javoblarni tekşiriş bilan çeklangan. Uning sözlariga, neyrotarmoq grammatik xatolarsiz, sodda va tuşunarli maqolalar yozgan. Bunda birorta materialda ham odamlarning töğridan-töğri iqtiboslari keltirilmagan. An’anaviy jurnalistikadan farqli ölaroq, bu sonda şaxsiy fikrlar, çuqur tahlillar yoki jonli suhbatlar örin olmagan.
Çerasaning fikriça, uşbu tajriba sun’iy intellekt yangiliklar yaratiş jarayoniga qanday mos kelişi mumkinligini tuşunişga yordam beradi.
Boşqa yirik naşrlar ham vazifalarni avtomatlaştiriş va maqolalar tayyorlaşda neyrotarmoqlardan foydalanayotganini tan olmoqda. Masalan, Associated Press axborot agentligi jurnalistlar uçun SI imkoniyatlaridan foydalaniş böyiça qöllanma işlab çiqqan. Agentlik neyrotarmoqlar muharrirlarga sarlavhalar yoki maqolaga ğoya tayyorlaşda yordam berişiga umid qilmoqda.













