Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanidagi 15-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Yorqinjon Hayitboyev öz hisobidan «Bilimdon» gazetasini ta’sis etdi. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, 5 dekabr kuni gazetaning ilk soni naşrdan çiqqan. U devoriy gazeta sifatida emas, haqiqiy gazeta körinişida tayyorlangan bölib, maktab hayotiga oid ma’lumotlar, öquvçilar ijodi va tafakkurini boyituvçi maqolalar, aqlni çarxlovçi krossvord va şe’rlarni öz içiga olgan. 

Yorqinjon Hayitboyev sözlariga köra, gazeta oyda bir marta, 30 ta adadda çiqariladi va bunga köp mablağ talab etilmaydi. 

«Maktabda yoş pedagog sifatida iş boşlaganim uçun yangilik olib kirişga harakat qildim. Jadidlar öz faoliyati davomida gazeta va jurnallarga alohida e’tibor berişgan. Biz faqat jadidlarni uluğlaş, ular bilan faxrlaniş bilan çegaralanmay, ularga izdoş bölişimiz kerak. Buning uçun esa amaliy işlar zarur. Gazetani qaysi pulga çiqaryapsan, degan savol böladi, albatta. Biz gazetani bir oyda bir marta 30 nusxada çop etişni reja qildik. 30 nusxa çiqariş uçun 60 dona oq qoğoz kerak ekan. Buni öz hisobimdan qilyapman va bundan xursandman. Avvalo u qadar köp pul ketmaydi. Quvonarlisi, öquvçilarimizning gazeta mutolaa qilişga bölgan muhabbati oşdi. Ota-onalar ham xursand. Eng asosiysi, maktabda ma’rifat, adabiyot, ma’naviyat közgusi — yangi gazeta paydo böldi», dedi Hayitboyev.