AQŞ fuqarolari oxirgi 5 yil içida Qirğizistondan ota-onalar qarovisiz qolgan 54 bolani farzandlikka olgan, deb xabar berdi 5 may kuni Qirğiziston mehnat va ijtimoiy rivojlaniş vaziri Xudoybergen Bozorboyev.
"5 yil içida AQŞ fuqarolari Qirğizistonda boqib oluvçilar topilmagan 54 bolani farzandlikka oldi. Bola oilada yaşab, tarbiyalaniş huquqiga ega", deb aytdi vazir. Vazir davlat uçun qirğizistonliklar tomonidan farzandlikka oliş ustuvor hisoblanişini ta'kidlab ötdi. Şu davr içida qirğizistonliklar tomonidan 5,5 mingdan köproq bola boqib olingan.
Vazirlik AQŞ elçixonasi bilan qirğiz bolalarining AQŞ oilalarida yaşaş şaroitlarini monitoring qilib boradi. Mamlakat parlamenti deputatlari va vazirlik xodimlari videoaloqa yordamida boqib olingan bolalalar bilan suhbatlaşişgan.
"Videoaloqada parlament deputatlari, taşqi işlar vazirligi, boş prokuratura, ombudsmen apparati vakillari hamda "Bolalar huquqlarini himoya qiliş ligasi" jamoatçilik fondining direktori Nozgul Turdubekova, AQŞdan esa 10 oila iştirok etdi", deb ma'lum qilindi vazirlik matbuot xizmatida.
Xususan, videoaloqaga Qirğizistondan 4 nafar aka-singilni boqib olgan oila ham çiqdi. Ayni vaqtda bolalardan kattasi turmuşga çiqqan va öz farzandini voyaga yetkazmoqda. Bolalarning yangi ota-onalari ular AQŞga kelgandan keyin erişgan muvaffaqiyatlari bilan örtoqlaşdilar. Barça AQŞ oilalari farzand boqib olişgandan keyin qandaydir imtiyozlar yoki ijtimoiy nafaqalar oliş uçun davlatga murojaat qilişmaganini ta'kidlab ötişdi.
Xalqaro farzandlikka oliş jarayoni Qirğizistonda 2013 yil oxirida bolalarni xorijliklarga farzandlikka berişdagi mojarolar hamda firibgarlik va korruptsion sxemalar foş qilingani sababli töxtatilgandan keyin yana qayta yölga qöyilgan. Bu mojarolar ortida Qirğizistonning sobiq ijtimoiy rivojlaniş vaziri Ravşan Sobirov xalqaro farzandlikka oliş sohasida faoliyat yuritgan xorijiy kompaniyadan 20 ming dollar pora söragani uçun 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.











